Chustda “Suvoqova” ichmagan suvi uchun iste’molchiga 1 million so‘mdan ortiq qarz yozdi

0

Namangan viloyati Chust tuman iste’molchilar huquqlarini  himoya qilish jamiyati xodimlari iste’molchilar tomonidan tushgan arizalarni ko‘rib chiqib vaqtida qonuniy hal qilishga erishmoqdalar.

006 korrespondent uz vodoprovod
Foto: tiroz.org

Yaqinda Chust tumani  Do‘zanda mahallasidagi So‘fizoda ko‘cha 4-uyda yashovchi fuqaro Akram Hoshimov jamiyatga murojaat qilib, “Suvoqava” DUK Chust tuman filiali tomonidan 1 302 431 so‘m miqdoridagi kiritilgan noreal qarzdorlikdan norozi ekanligini bildirdi.

Arizada yozilishicha mazkur fuqaroning xonadonida 2000-yildan boshlab ichimlik suv tarmog‘i o‘ta nosoz xolga kelib qolganligi sababli fuqaro korxona rahbariyatiga bu borada ma’lum qilib, amaliy yordam berishlarini so‘ragan. Bunga javoban agar fuqaro rozi bo‘lsa shaxsiy mablag‘i hisobidan 2,5 km masofaga suv tarmog‘i tortib berishlarini aytishgan. Bu javobdan qoniqmagan fuqaro xonadonini  suv tarmog‘idan uzib ko‘yishlarini so‘rab yozma ariza bergan va shu yilning o‘zida xonadonida yer osti suvi (kachalka) qazdirib, undan bugungi kunga qadar foydalanib kelgan.

Oradan 18 yil o‘tib 10-iyun kuni tuman “Suvoqava” korxonasi tomonidan ogohlantirish xati yuborilib, unda 1 302 431 so‘m miqdorida qarzdorlik ko‘rsatilgan va ushbu qarzdorlik 3 kun muddat ichida to‘lanmasa tegishli hujjatlar tayyorlanib MIBga taqdim etilishi haqida ogohlantirilgan.

Fuqaro yuqoridagi muammoli holatni qonun doirasida o‘rganib chiqib, ijobiy hal qilib berishlarini so‘rab iste’molchilar huquqlarini  himoya qilish jamiyatiga yozma ariza bilan murojaat qildi.

Arizada bayon etilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida 2018-yil 13-iyun kuni korxona direktori R.Otahonovga murojaat qilib iste’molchi A.Hoshimovning haqqi va qarzi to‘g‘risidagi ma’lumot  jadvali kompyuterning billing dasturidan olindi va fuqarodan amalga oshirilgan to‘lov hujjatlari hamda boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar so‘rab olinib atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish natijasidagi yakuniy tahlillarga ko‘ra fuqaro A.Hoshimovga korxona tomonidan  ichimlik suvi uchun hisob-kitob qilib kiritilgan 1 302 431 so‘m miqdoridagi qarzdorlik summasi asossiz qarzdorlik deb topildi.

Jamiyat ushbu holat yuzasidan  tuman MIB mutahassislari bilan hamkorlikda xonadonda qo‘shimcha xatlov o‘tkazdi. Xatlov natijasiga ko‘ra  dalolatnoma tuzilib, fuqaroga kiritilgan qarzdorlik noreal deb topildi va  fuqaro  hisobidan qarzdorlik summasi olib tashlandi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting