Jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov ozodlikka chiqdi

0

9-oktabr kuni Qo‘shko‘pir tuman ma’muriy ishlar sudining qaroriga ko‘ra 7 sutkaga qamalgan jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov belgilangan jazoni o‘tab bo‘lgani uchun 5-noyabr kuni ozodlikka chiqdi, deb xabar beradi Turon24.

005 korrespondent uz ruzmetov
Foto: Daryo.uz

“Meni qo‘llab quvvatlagan barcha do‘stlarimga minnatdorchilik bildiraman. Men bilan sodir bo‘lgan voqeani turlicha talqin qilishibdi. Aslida nima bo‘lganini, voqealar rivoji qanday kechganini tez orada ma’lum qilaman”, — dedi Ro‘zmetov Turon24 muxbiri bilan suhbatda.

Nashr eslatishicha, viloyat prokuraturasi taqdim etgan ma’lumotda Davlatnazar Ro‘zmetovning majlis jarayonini shaxsiy telefoniga videoga olgani, majlisda haqoratli so‘zlarni ishlatgani, shovqin-suron qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, mayda bezorilik harakatini sodir qilgani aytiladi.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilib, to‘plangan hujjatlar yuzasidan Davlatnazar Ro‘zmetovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudga yuborilgan. 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sudda jurnalist huquqbuzarlik sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting