Moliya vazirligi: O‘zbekiston rivojlanayotgan bozorlar inqiroziga tushib qolmaydi

0

Singapurdagi “Taurus Family Office” tahlilchisi Rayner Maykl Prays suveren obligatsiyalar chiqarilishi O‘zbekistonni rivojlanayotgan bozorlar inqiroziga tushib qolishi mumkinligi haqida keltirgan.

Foto: Sof.uz

Moliya Vazirligi xabariga ko‘ra, AQShdagi foiz stavkalarining o‘sishi kupon stavkalarga ta’sir etsa-da, xalqaro moliya bozorlarda joylashtirishi kutilayotgan suveren obligatsiyalari O‘zbekiston rivojlanayotgan bozorlar inqiroziga tushib qolishiga olib kelmaydi.

Vazirlikda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tashqi qarz miqdorining past, oltin-valyuta zahiralari yuqori darajada hamda joriy hisob holati barqaror:

  • tashqi qarzlarning 86%i uzoq, ya’ni 10 yildan ortiq muddatli ekanligi yaqin 10 yil ichida tashqi qarz to‘lovlari bo‘yicha bosimning mavjud emasligini anglatadi;
  • tashqi qarz to‘lovlarining eksportga nisbati 2018−2021-yillarda YAIMning 12−16% bo‘lishi kutilmoqda;
  • 2018-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, oltin-valyuta zahiralari 26,4 milliard AQSh dollarini tashkil etib, umumiy tashqi qarzdan 1,7 barobar ko‘p bo‘lib, 20 oylik import xarajatlarini qoplay oladi.
Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting