Eronning Amerika sanksiyalariga javobi: AQShni pushaymon qildiramiz

0

Eron prezidenti Hasan Rohoniy Press TV telekanali efirida Eron amerika sanksiyalarini aylanib oʻtib, AQShni “pushaymon qildirishi” haqida bayonot qildi.

Foto: Sputnik

“Birlik va hamkorlikdagi hatti harakatlar bilan biz… sanksiyalarni aylanib oʻtamiz, biz AQShni pushaymon qilishga majbur etamiz, biz chet el investitsiyalarini mamlakatga jalb qilamiz… Biz iqtisodiy taraqqiyot yoʻlini yangilaymiz”, – dedi Ruhoniy.

Eslatib oʻtamiz, 5-noyabrdan AQShning Eronga qarshi eʼlon qilgan sanksiyalari kuchga kirdi. Sanksiyalar neft eksporti sohasini qamrab oladi. Vashington eron nefti eksportini nolgacha oborish maqsadi haqida eʼlon qilgan va barcha xaridorlarni Erondan neft olishdan voz kechishga chaqirgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida Vashington Eron bilan yadro dasturi boʻyicha bitimdan chiqayotganini eʼlon qilgan edi. Tramp, shuningdek, Eronga qarshi sanksiyalarning barchasi, shu jumladan, ikkilamchilari, yaʼni Eron bilan biznes qiladigan mamlakatlarga qarshi sanksiyalar ham qayta tiklanishini eʼlon qilgandi.

Kuni kecha AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo sanksiyalar roʻyxatiga 600 dan ortiq alohida shaxslar va kompaniyalar kiritilgani haqida eʼlon qildi. Ular bilan biznes qilishni davom etadiganlar AQShning ikkilamchi sanksiyalariga tushishlari xavfi mavjud. Pompeoning aytishicha, ushbu cheklovlar “eron rejimi hatti-harakatiga taʼsir koʻrsatishi kerak”.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting