Paxtaning Oʻzbekiston yillik byudjetidagi ulushi 1,5 foizni tashkil qiladi

0

Paxtadan Oʻzbekistonning bir yillik Davlat byudjetiga 1,5 % daromad tushadi. Bu haqda moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonov OAV vakillari bilan uchrashuvda maʼlum qilgan, deb yozadi “Xalq soʻzi” nashri.

Foto: “Xalq soʻzi”

“Bu pullar fermerlar toʻlaydigan soliq, paxtani qayta ishlash korxonalari toʻlaydigan soliq va shu kabilardir.

Ammo paxta strategik oʻsimlik boʻlib, uni qayta ishlash orqali toʻqimachilik rivojlanadi, bu qoʻshimcha ish oʻrinlari deganidir. Bundan tashqari eksport salohiyati ham oshadi“, deya Sultonovning soʻzlarini keltiradi “Xalq soʻzi“ muxbiri.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting