O‘zbekistonda o‘qituvchilar xiyobonlari tashkil etiladi

0

Tematik xiyobonlar faoliyati 2018–2020-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida yo‘lga qo‘yiladi. “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Qaror bilan “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ning konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya xiyobonlarni rivojlantirish va uning doimiy faoliyatini tashkil etishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutadi:

  • infratuzilma va moddiy-texnik bazani takomillashtirish;
  • ta’lim va ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish;
  • madaniy-ma’naviy dam olish xizmatlaridan keng foydalanish;
  • bolalar uchun ko‘ngilochar maydonchalari tashkil etish;
  • ajdodlar tomonidan to‘plangan tarixiy va madaniy tajriba jamiyat a’zolarining individual va umumiy rivojlanishi uchun zarur shart ekanligini jamoatchilik ongiga singdirish.

Tematik xiyobonlar faoliyati 2018–2020-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur xiyobonlarda o‘qituvchi va murabbiylarning siymosini aks ettiruvchi, ularning nufuzini oshiruvchi monumentlar, kutubxonalar, ilmiy-ma’rifiy binolar, muzeylar yoki kichik ko‘rgazma zallari va boshqa ko‘ngilochar obyektlar tashkil etiladi.

Xiyobonlarning namunaviy loyihasini ishlab chiqish Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting