DXX Buxoroda yashirin ekstremistik guruhni fosh qildi (video)

0

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Kogon shahrida jihodchilik yashirin diniy-ekstremistik guruhi fosh qilindi. Bu haqda “Podrobno.uz”ga tayanib Daryo nashri xabar qilmoqda. xabar bermoqda.

Skrinshot: “Podrobno.uz”

Kogon shahrida yashovchi 28 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan olti nafar fuqaro 2017-yil boshida “jihodchilik” diniy-ekstremistik oqimining yashirin yacheykasini tuzgan va qator xalqaro terrorchilik tashkilotlariga a’zo bo‘lish va Afg‘onistonga “hijrat” qilish uchun g‘oyaviy tayyorgarlik olib borgan.

Qo‘lga olinganlar doimiy ravishda terrorchilik tashkilotlarining Suriyadagi ma’naviy yetakchilari chaqiriqlari bilan telefon orqali tanishib borgan va o‘rgangan. O‘z navbatida, ular chaqiriqlardagi buzg‘unchi g‘oyalarni atrofidagilarga ham yoygan.

Ulardan O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik mazmundagi adabiyotlarning elektron nusxalari olib qo‘yilgan. Mazkur qo‘llanmalar o‘rganib chiqilgan. Natijada undagi g‘oyalar “jihod” va “hijrat”ga chaqirishi, shuningdek, O‘zbekistondagi mavjud Konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga undashi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan DXX Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 159 (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244-2-moddalari (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoiy ish ochilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilyapti.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting