16-noyabrdan benzin va boshqa turdagi yoqilg‘i narxlari oshadi

0

Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Foto: Uz24.uz

Qarorga muvofiq 2018-yil 16-noyabrdan iste’mol solig‘ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari:

  • Ai-80 avtobenzinga — 4 000 so‘m/litr;
  • Ai-91 avtobenzinga — 4 500 so‘m/litr;
  • dizel yoqilg‘isiga — 4 800 so‘m/litr;
  • EKO dizel yoqilg‘isiga — 4 900 so‘m/litr etib belgilandi.

2019-yilning 1-yanvaridan boshlab Toshkent shahrining Yunusobod tumanida eksperiment tariqasida quyidagilar joriy etiladi:

  • aholi iste’moli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;
  • aholi iste’moli uchun tabiiy gazning bazaviy normasi:
    • isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;
    • boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.

Bunda aholi bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirganda bazaviy norma doirasida — belgilangan tarif bo‘yicha.

bazaviy normadan ortgan qismi uchun — belgilangan tarifga 1,2 baravar oshirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting