O’zbekenergo elektr energiyasining oshirilgan narxlarini e’lon qildi

0

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi to‘g‘risida”gi qaroriga binoan “O‘zbekenergo” AJ 2018-yil 16-noyabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshirilganligini ma’lum qildi.

Foto: RBK

16-noyabrdan maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt-s elektr energiyasi narxi 228,6 so‘mdan 250 so‘mga, 2019-yil 1-iyuldan esa 280 so‘mga oshiriladi.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda 1 kVt-s elektr energiyasi narxi 16-noyabrdan 114,3 so‘mdan 125 so‘mga oshirilib, 1-iyuldan esa 140 so‘mni tashkil etadi.

Prezident 23-oktabr kuni elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha hujjatni imzoladi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting