Hyundai Oʻzbekistonga yengil avtomobillar eksport qilishni boshlaydi

0

Janubiy Koreyalik Hyundai Motor Company Oʻzbekiston bozoriga chiqmoqchi. Bu rejalar haqida Hyundai Auto Kazakhstan direktori Denis Kolomatskiy maʼlum qildi, deb yozadi “Sputnik” nashri.

Foto: Sputnik

Kompaniya yaqinda Oʻzbekistonda yengil texnika distribyuteri boʻldi. Kompaniya Oʻzbekistonda ishlab chiqaruvchi emas, balki distribyutor boʻlishi sababli dastlabki bosqichda Qozogʻistonda yigʻilgan avtomobillar sotilmaydi, ammo bu borada muzokaralar davom etyapti.

Kolomatskiy “Kursiv” nashriga bergan intervyuda, Oʻzbekistonda siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlar boshlangani tufayli, u yerga eng yirik kompaniyalar kirib kelmoqda.

“Hyundai Motor Company ham ushbu yangi va istiqbolli bozorga kirish istagini bildirdi va Astana Motors’ga mintaqaviy distribyutor boʻlishni taklif qildi. Biz ham ushbu mintaqada salohiyatni koʻryapmiz va Hyundai Motor Company taklifini mamnuniyat bilan qabul qildik”, – dedi Kolomatskiy.

Oʻtgan yil kuzda Oʻzbekistonda Hyundai avtomobili ishlab chiqarilishi haqida xabar paydo boʻlgandi. Biroq kompaniya yuk mashinalari, avtobuslar ishlab chiqarilishi haqida maʼlum qilgandi.

Shu yil yozda qator OAVlar shu brenddagi yengil mashinalarni soddalashtirilgan bojxona sxemasi boʻyicha sotilishi rejalashtirilganligi haqida xabar berishdi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting