Oʻzbekistonlik stilist Alla Pugacheva bilan klip suratga oldi

0

Kelib chiqishi Oʻzbekistondan boʻlgan Alisher ismli yigit Rossiya estradasining primadonnasi hisoblangan Alla Pugacheva bilan klip suratga oldi.

Foto: Instagram / @alishermusic

Gazeta.ru yozishiga qaraganda, Alisher dastlab fotomodel boʻlgan. U mashhur modelyer Slava Zaytsevning modalar uyida ishlagan. Keyinchalik oʻzi mustaqil modelyer boʻlib tez orada Bouton modalar uyining art-direktori lavozimini egallagan.

Alla Pugacheva uning mashhur mijozlaridan eng birinchisi boʻlgan. Alisher shuningdek, Kristina Orbakayte, Masha Rasputina, Filipp Kirkorov, Jasmin, Sofiya Rotaru, Anita Tsoy, Natasha Koroleva, Irina Saltikova, Anastasiya Stotskaya kabi estrada yulduzlarini ham kiyintirgan.

Gazeta yozishiga koʻra, Alisherning sahnaga chiqishiga va xonandalik talantini namoyon qilishga aynan Alla Pugacheva yordam bergan.

Bugungi kunda Alisher Moskvadagi turli tadbirlarda va turli klublar sahnalarida oʻz qoʻshiqlarini ijro etib kelmoqda. Alisher Nargis Zokirova hamda Yekaterina Varnavalar bilan birgalikda qoʻshiqlar ijro etgan.

Haqiqatdan ham sartarosh, stilist kabi kasb egalari orasida talantli xonandalar koʻp boʻlsa kerak. Maslan, Sergey Zverev ismli rossiyalik xonanda ham dastlab sartarosh boʻlgan ekan. Vlad Lisovets – avval mashhur sartarosh, keyin – teleboshlovchi. Olga Buzova – avval stilist, modelyer, keyin – teleboshlovchi, qoʻshiq ham aytib turadi.

Aytmoqchi, Oʻzbekfilmning “Maftuningman” kinosida ham talantli sartarosh qoʻshigʻi esingizdami? Jon bilan dilim – sanʼat, oʻzim – sartarosh…

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting