Oʻzbekistondagi barcha maktablar maktab avtobuslari bilan taʼminlanadi

0

Oʻzbekistondagi barcha maktablar 2019-yilning 1-yanvarigacha maktab avtobuslari bilan taʼminlanadi, deb xabar qilmoqda, “Xalq Soʻzi”gazetasi.

Foto: Pixabay

Bu haqda 2-noyabr kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida, xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda aytib oʻtildi.

“Hududlar talabidan kelib chiqib, litsey va kollejlarning boʻshagan binosini joriy yil oxiriga qadar Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazish, 2019-yil 1-yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish, maktab avtobuslari bilan tizimli taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi”, – deyilgan xabarda.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev belgilangan maktablardagi qurilish-taʼmirlash ishlarini yakunlash, markazlashgan investitsiya mablagʻlari hisobidan ularni jihozlash kerakligini taʼkidladi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting