Toshkent viloyatining barcha tuman va shahar hokimlari jazoga tortildi

0

2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent viloyatidagi barcha tuman va shahar hokimlariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanishi ma’lum qilindi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

Foto: Google Photos

Ma’lum qilinishicha, qishloq xo‘jaligi ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi kamchiliklari tufayli 22 ta tuman(shahar) hokimlari oylik maoshlarining 30 foizi miqdorida jarimaga tortildi.

Toshkent viloyati hokimining ta’kidlashicha, viloyatning istalgan hududida paxta yig‘im-terim mavsumi bo‘yicha ishlar yuqori darajada tashkil etilsa, ana shu hudud hokimligi xizmat mashinalari bilan rag‘batlantiriladi.

Shu kuni yig‘ilishda Bosh prokurorning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yangi o‘rinbosari – Rashid Rahmatov lavozimiga tayinlangani aytildi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting