Otabek Murodov Zoyir Mirzayev o‘rniga Bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi

0

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzayev joriy yilning 27-oktabr kuni lavozimidan ozod etilgan edi. Bugun, 31-oktabr kuni uning o‘rniga vaqtincha nomzod qo‘yildi.

Foto: Qalampir.uz

Bosh prokuror Otabek Murodov vaqtincha Bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ish boshlagan. U bir vaqtning o‘zida ikkita lavozimda faoliyat yuritadi. Bu haqdagi xabarni “Qalampir.uz” nashri o‘z manbaasiga tayanib tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda Otabek Murodov Bosh vazir o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Otabek Murodov 1975-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 31-yanvar kuni imzolangan PF-5320-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12-bandiga muvofiq Otabek Baxritdinovich Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Zoyir Mirzayevni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonida Bosh prokuror Otabek Murodovga qishloq xo‘jaligi ishlari chog‘ida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan tekshirish o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting