Tramp migrantlarni askarlar bilan to‘xtatmoqchi

0

AQSh Mudofaa vazirligi Gondurasdan Amerikaga yo‘l olgan migrantlarning yo‘lini to‘sish uchun Meksika bilan chegaraga 5 200 askarni safarbar qilmoqda.

Foto: Reuters

AQSh Qurolli kuchlarining Shimoliy qo‘mondonligi rahbari general Terrens Oshonessining aytishicha, ular bu ishda Milliy gvardiyaning ikki mingdan ziyod askarlariga yordam beradi.

AQSh hukumati hisobiga ko‘ra, Markaziy Amerikaning uch davlatidan olti mingdan ortiq migrant AQSh chegarasiga yaqinlashmoqda.

Prezident Tramp ularni Amerikaga tahdid deb atamoqda, ular orasida ko‘plab jinoyatchilar bor, deydi. Migrantlar esa qashshoqlik, jinoyatchilik, ishsizlikdan qochayotganini aytadi.

Trampning aytishicha, Amerikaga kelmoqchi bo‘lgan odamlar qonuniy yo‘llardan foydalanishi kerak, migrantlar esa vaqtini behudaga sarflamoqda, chunki hech biri AQShga kiritilmaydi.

Ayni damda migrantlar Meksika hududidan o‘tyapti. Amerika chegarasigacha bir mingcha kilometr qolgan. Tramp ular uchun chodirli shaharcha qurib beramiz, deydi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting