Tramp tug‘ilish orqali AQSh fuqaroligini olish huquqini bekor qilmoqchi

0

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlarida tug‘ilgan bolalarga va noqonuniy muhojirlarga avtomatik tarzda fuqarolik berishni bekor qilish haqidagi farmonga imzo chekishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.

Foto: CNN

Ayni vaqtda farmonda qanday choralar ko‘rilishi aniq ma’lum qilinmagan. Trampning o‘zi farmon tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Amerika lideri Kongress saylovlaridan bir hafta oldin immigratsiya borasida o‘zining qat’iy ritorikasiga qaytdi. AQSh Konstitutsiyasining 14-moddasida nazarda tutilgan tug‘ilish huquqi bilan fuqarolikni berish amaliyotiga chek qo‘yishga urinish, shubhasiz, da’volarni keltirib chiqaradi va Kongressning qarshiliklariga duch keladi.

Konstitutsiyaviy tuzatishlarni amalga oshirish uchun Vakillar palatasi va Senat a’zolarining uchdan ikki qismi ovozlari va konstitutsiyaviy konvensiyada davlat qonunchiligining to‘rtdan uch qismini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Biroq, o‘z huquqiy maslahatchisi bilan gaplashib ko‘rgan Tramp ushbu tuzatishni o‘zi o‘zgartirishga qodirligini ta’kidladi. Ko‘plab konstitutsiyaviy ekspertlar esa Tramp maslahatchisining fikriga qo‘shilmaydilar.

Bunday prezidentlik vakolatlariga oid bahslarga javoban Tramp shunday dedi: “Bu, albatta, Kongress qarori bilan amalga oshirilishi mumkin. Lekin endi men buni ijroiya qarorining yordami bilan qila olaman”.

“U jarayonda. Bu sodir bo‘ladi, “- dedi Tramp Axios’ga bergan intervyusida. Intervyuning to‘liq versiyasi yakashanba kuni HBO telekanali orqali namoyish etiladi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting