Angela Merkel beshinchi muddatga qayta saylanmaydi

0

Germaniya kansleri Angela Merkel dekabrda Xristian-demokratlar kengashi (XDK) raisligidan ketadi, biroq 2021-yilga qadar hukumat rahbari lavozimida qoladi, deya xabar qildi BBC rus xizmati.

Foto: twitter.com/ajplus

Angela Merkelning so‘zlariga ko‘ra, u federal kansler lavozimida bo‘lish muddati yakuniga yetadigan 2021-yildan so‘ng biror bir siyosiy lavozimga nomzodini ilgari surmoqchi emas.

Bild ma’lumotlariga ko‘ra, uning bunday qarorga kelishiga Gessens va Bavariyada XDK uchun saylovlar yakunlarining salbiy yakunlangani sabab bo‘lgan. Merkelning yetakchilikdan voz kechishi partiya ichida kanler lavozimi uchun kurashlar poygasi boshlanganidan darak beradi.

Angela Merkel partiyani 2000-yildan, hukumatni esa 2005-yildan buyon boshqarib kelmoqda. Martda Merkel ushbu lavozimga to‘rtinchi marta ketma-ket saylandi. Uning vakolati 2021-yilda tugaydi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting