Jair Bolsonaro Braziliya prezidenti etib saylandi

0

Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turi yakunlari bo‘yicha Sotsial-liberal partiya rahbari, ultrao‘ngchilar vakili Jair Messias Bolsonaro 55 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi, deya xabar qildi Euronews.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Braziliya prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan Jair Bolsonaroga tabrik yo‘lladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Bolsonaroning raqibi, so‘l Mehnatkashlar partiyasi vakili Fernandu Addad 45 foizga yaqin ovoz to‘plab, raqibidan qariyb 11 foiz ortda qoldi.

Yangi davlat rahbari inauguratsiyasi 1-yanvarda bo‘lib o‘tadi, prezidentlik mandati to‘rt yilni tashkil etadi.

BBC Rus xizmatining ma’lum qilishicha, 63 yoshli Jair Bolsonaro — 1985-yildan so‘ng hokimiyatga kelgan birinchi o‘ta o‘ngchi siyosatchi hisoblanadi. Saylovoldi kampaniyasida Bolsonaro bir necha marta AQSH prezidenti Donald Tramp uning kumiri va unga o‘xshashga harakat qilishini ta’kidladi.

Bolsonaro o‘q otar qurollarga erkin egalik qilishga bo‘lgan cheklovni bekor qilish tarafdori. U braziliyaliklar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va mamlakatni poraxo‘r siyosatchilardan tozalashni maqsad qilgan.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting