Taniqli irlandiyalik qo‘shiqchi Shineyd O’Konnor Islomni qabul qildi

0

Dunyoga mashhur irlandiyalik qo‘shiqchi Shineyd O’Konnor katoliklikdan voz kechib, Islomni qabul qildi. Bu haqda “Islom.uz” nashri xabar berdi. Shuningdek, O’Konnor ismini ham o‘zgartirgan, endilikda uning ismi Shuhada (shohidlik – arabcha).

001 korrespondent uz shined oconner
Foto: “Daryo”

Qo‘shiqchi islomni qabul qilib, muslima bo‘lganligini Twitter orqali xabar bergan va unga hijobda tushgan rasmini ilova qilgan. O‘z navbatida ta’kidlash o‘rinli, Magda Davittning Twitter’dagi mazkur akkaunti verifikatsiya qilinmagan. O’Konnorning rasmiy sahifasida esa 2015-yildan buyon hech narsa qayd etilmagan.

“Shuni alohida ta’kidlashim joizki, men Islomni qabul qilib, musulmon bo‘lganimdan faxrlanaman. Bu har qanday aqlli ilohiyotchining so‘nggi yo‘lidir. Barcha bitiklar Islomga olib boradi. Bu esa har qanday boshqa bitiklarning ortiqcha ekanini ko‘rsatadi. Endi mening islomdagi yangi ismim – Shuhada”, – deb yozadi u o‘z sahifasida.

002 korrespondent uz shined oconner
Foto: “Daryo”

Nashrning ma’lum qilishicha, o‘tgan haftada O’Konnor o‘zining azon chaqirgani haqidagi videoni ham ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilgan.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting