Erdo‘g‘on saudiyalik jurnalist o‘ldirilishi tafsilotlarini 23-oktabr kuni ma’lum qilishini bildirdi

0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining Istanbuldagi konsulxonada o‘ldirilishi tafsilotlari yaqin orada ma’lum qilinishini bildirdi.

“Biz masalaga oydinlik kiritishni istaymiz. Mazkur ish bo‘yicha 23-noyabr, seshanba kuni Adolat va taraqqiyot partiyasining parlament guruhi bilan uchrashuvda bayonot beraman. Hodisa tafsilotlari to‘liq oshkor qilinadi”, — deya ta’kidlagan Turkiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni podshohi va valiahd shahzoda Istanbulda o‘ldirilgan jurnalistning o‘g‘liga hamdardlik bildirgani ma’lum qilingandi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting