“Samarqand haqida so‘z – 2018”

0

Samarqand dunyoni lol etgan shahar, azal-azaldan jahon xalqlarini o‘ziga maftun etgan. Shuning uchun ham yer yuzining sayqali degan ta’riflar bejiz aytilmagan. Dunyo xalqlari bir ko‘rmoq niyatida, bu sehirli shaharga intilganlar, ko‘rib hay’ratlanganlar yana kelmoqni orzu qilganlar. Ha, Samarqand ana shunday ta’riflarga sig‘maydigan yagona shaharlardan biri desak to‘g‘ri bo‘ladi.

An’anaga ko‘ra Samarqand shahar kuniga bag‘ishlab sentabr-oktabr oylari “Samarqand haqida so‘z” Xalqaro maktub kunlari aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu noyob loyiha tashkilotchilari Samarqand shahar hokimligi madaniyat bo‘limi ta’sarufidagi Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Esperanto” internatsional do‘stlik to‘garak qatnashchilari hamda loyiha muallifi A.I. Ionesovdir.

Samarqandlik esperantochilarni bunday keng miqyosidagi loyihani tashkil etishlaridan asosiy maqsadlari xalqaro hamjamiyatni O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda qadimiy Samarqandni, uning boy va betakror madaniy merosini ko‘rsatish, tinchlik, o‘zaro do‘stlikni rivojlantirish, xalqaro munosabatlarni yanada oldinga olib chiqish va xorijiy davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashni ko‘zda tutadilar.

Bu loyiha nimasi bilan ajralib turadi: yoshidan, millatidan, yashab turgan makonidan qat’iy nazar kishilar bir birlari bilan muloqot qilmoqdalar. Samarqand haqida o‘z bilganlarini, o‘qigan, eshitgan ta’surotlarini gapirib beradilar.

“Samarqand haqida so‘z – 2018” loyiha manziliga har kuni, dunyoning turli burchaklaridan turli xildagi, ko‘plab qutlovlar hamda tabrik maktublari kelib tushmoqda.

Maktublarga nazar tashlangiz hayratga tushmasdan ilojingiz yo‘q. Misol uchun:

“O, Samarqand! Men sening go‘zalliging va chiroying oldida bosh egaman va sening mangu ekaninga ishonaman…O, Samarqand! Men ishonaman Siz har doim, har doim yer yuzining durdonasi bo‘lib qolaverasiz… Ko‘rishguncha, mening xurmatli uzoq hamda yaqin do‘stim Samarqand! Qarang, shahar bilan eng yaqin do‘st, mehribon, hamfikr insonday suhbatlashmoqdalar”. – rossiyalik shoira, jurnalist, Moskva yozuvchilar uyushmasi a`zosi Irina Alekseyeva.

 

“Hurmatli kasbdoshlar! Chin qalbindan sizga, 18-oktabr Samarqand shahar kuni bilan otashin salom yo‘llayman. Qadim-qadimdan yashab kelayotgan Samarqand uchun bu qutlug‘ bayramdir. Ayoming bilan, aziz Samarqand!” – Livia Bart, Neuken shahri, Argentina.

 

“Azizim Samarqand! Men hayotim davomida sen haqingda orzu qilaman, endi esa seni yana ko‘rishga umidvorman. Sening do‘sting professor Renato Korsetti, London shahri, Buyuk Britaniya”.

“Samarqand haqida so‘z”  Xalqaro matkub kunlari davom etmoqda. Tabriklar va qutlov kelib tushmoqda.

Ochil Jumanazarov,

Samarqand shahar Amir Temur madaniyat
va aholi dam olish markazi badiiy rahbari

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting