AQShning Rossiya davlat banklariga qarshi sanksiyalari dunyo “diplomatik ko‘priklarni yoqib yuboradi”

0

AQSh Kongressida Rossiyaning yirik davlat banklariga qarshi sanksiyalarni kengaytirish bo‘yicha takliflar hozirda global energiya ta’minoti sohasida katta mushkulliklarni keltirib chiqarishi mumkin, deya ogohlantirmoqda Amerika biznes guruhi, deb yozadi Bloomberg nashri.

Foto: Ria

“Agarda Rossiyaning barcha yirik davlat kreditorlariga bir vaqtning o‘zida yangi cheklovlar qo‘yiladigan bo‘lsa, bu global energiya savdosi tizimida, huddi ” Rusal “misolida bo‘lgani kabi katta xatolikka yuz tutadi. Biroq bu xatolik bir necha bor yomonroq bo‘lishi mumkin”, – deydi AQSh Savdo Palatasi prezidenti Aleksis Rodzyano. Joriy yilning aprel oyida cheklovlar qo‘yilgan ulkan “Yunayted Co. Rusal” alyuminiy zavodi global metall bozorlariga hali ham faol ta’sir ko’rsatmoqda.

Rodziankoning fikricha, Rossiyaning moliya sohasiga ustunlik qilayotgan va dunyodagi eng yirik neft va gaz eksport qiluvchi energetika gigantlari bilan yaqin hamkorlik qiluvchi davlat banklariga qarshi sanksiyalar “diplomatik ko‘priklarni yoqib yuboradi”.

AQSh kongressi kelgusi haftalarda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar loyihalarini ko‘rib chiqadi. Uning qabul qilinishi 6-noyabrda o‘tkaziladigan o‘rta muddatli saylovlardan keyin kutilmoqda. Ko‘rib chiqilayotgan asosiy loyihalarda Rossiyaning bir qator yoki bir nechta banklari, jumladan, Sberbank va VTB kabi yirik banklarga keng miqyosli cheklovlar qo‘yiladi. “Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Rossiyadan tashqarida hech qanday yirik moliya muassasasi bunday bank bilan hamkorlik qilmaydi”, deydi Moskvadagi “DeBevoise & Plympton” advokatlik firmasi vakili Alan Kartashkin.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting