Fotih Jalolov “O‘zbekfilm”ga bosh direktor etib tayinlandi

0

“O‘zbekkino” Milliy agentligida “O‘zbekfilm” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekfilm” DUKning bosh direktori etib Fotih Jalolov Hamidovich tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Google Images

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-iyuldagi PQ-3880 sonli “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyatini jamiyat tarkibidan chiqib ketadigan aksiyadorlar bilan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda hisob-kitobni amalga oshirgan holda “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etish vazifasi berilgan.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting