«GM Uzbekistan» tomonidan “Tracker” avtomobili yig‘ildi

0

«GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati «GM Korea» bilan hamkorlikda kompaniyaning Toshkent shahridagi filialida «Tracker» modelini yirik uzelli yig‘ish ishlarini olib bormoqda.

Foto: GM Uzbekistan

Ushbu modelni ishlab chiqarishni amalga oshirish, shuningdek Toshkent shahridagi «GM Uzbekistan» filialiga uskuna va butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun «GM Uzbekistan» va «GM Korea» o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolangan. Sinov ishlab chiqarish doirasida ayni damda 28 dona «Tracker» avtomobili yig‘ildi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, «Tracker» avtomobilini dastlabki yirik uzelli yig‘ish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi sanasi, shuningdek avtomobil xususiyatlari va narxlari haqida batafsil ma’lumot barcha ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng beriladi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting