O‘zbekistonda suratga olingan “Hoichoi Unlimited” nomli hind filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

0

Kuni kecha Hindiston kinoteatrlarida «Hoichoi Unlimited» nomli badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

0031 korrespondent uz Hoichoi unlimited

Ta’kidlash joizki, bu O‘zbekiston va Hindiston kinematograflari o‘rtasidagi hamkorlikning yaqin tarixidagi birinchi katta hajmdagi filmi. “Ali Bobo va Qirq qaroqchi” filmi suratga olingandan buyon ikki davlat kinochilari o‘rtasida bunday katta hamkorlik bo‘lmagan.

Filmda Dipak Adikari, Maitra Rukmani, Puja Banerji, Datta Rajatava, Sinha Manasi kabi taniqli hind aktyorlari ishtirok etishdi. Ushbu filmni yaratish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida erishilgan. Joriy yilning aprel oyida Hindistonda bo‘lib o‘tgan “O‘zbek kinosi kunlari” doirasida “O‘zbekkino” milliy agentligi Hindistonning “Dev Entertainment” kino kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi.

0032 korrespondent uz Hoichoi unlimited

Ushbu komedik film yoz oylarida O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarida suratga olingan.

Film prodyuseri hamda bosh rol ijrochisi Dipak Adikarining ta’kidlashicha, «Hoichoi Unlimited» prokatning uchinchi kunidayoq hind auditoriyasiga ma’qul bo‘lganini yaqqol isbotladi.

0033 korrespondent uz Hoichoi unlimited

Filmning Hindiston va boshqa mamlakatlardagi namoyishi O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. «Dev Entertainment» kompaniyasi yangi filmlarni yaratishda O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirgan.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting