Termizda Afg‘onistonning bosh konsulxonasi ochildi

0

Bugun, 16-oktabr kuni Termiz shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Bosh konsulligi ish boshladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

0028 korrespondent uz afghanistan council
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shu munosabat bilan dastlab Surxondaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi Bahodir Po‘latov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nosir Ahmad Andesha boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sayyid Shahobiddin Temuriy, O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi bosh konsuli Mirodil Abdurazzoqov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

0029 korrespondent uz afghanistan council
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida barcha sohalarda izchil aloqalar o‘rnatilganligi, Termizda Afg‘oniston bosh konsulxonasining ish boshlashi bu hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lishini ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng shahar markazida joylashgan konsullik idorasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Afg‘oniston bosh kunsuli etib Sangin Skandariy tayinlanganini ma’lum qilindi. Mehmonlar konsullik binosida afg‘onistonlik diplomatlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

0030 korrespondent uz afghanistan council
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Konsulxona endilikda O‘zbekistonga vaqtinchalik o‘qish, ishlash va sayyohlik maqsadlarida tashrif buyuruvchi afg‘onistonliklarga kirish vizalari, shuningdek, fuqarolik masalalariga tegishli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi konsullik-huquqiy yordamini ko‘rsatish va konsullik vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting