O‘zbekistonda taniqli xonanda Aziza Niyozmetova olamdan o‘tdi

0

O‘zbekistonda taniqli xonanda Aziza Niyozmetova olamdan o‘tdi. U oxirgi bir necha oy saraton kasalligi bilan kurashayotgandi. Oxirgi kunlarda ahvoli og‘irlashgach, u o‘zi tug‘ilgan Xorazmga olib ketilgan edi.

0025 korrespondent uz aziza niyozmetova

U 1972-yilda Xorazm viloyatining Shovot tumani, Bo‘yrachi qishlog‘ida tug‘ilgan. Ayni qishloqda Xorazm musiqasining eng yirik namoyondasi Komiljon Otaniyozov ham tug‘ilgan.

Aziza Niyozmetova 1990-yillar o‘rtalarida “Kishmish” qo‘shig‘i bilan san’atga kirib kelgan. Uning bu qo‘shig‘i tezdan xitga aylangan.

Aziza Niyozmetova estrada qo‘shiqlaridan tashqari, Xorazm doston va aytishuvlarini mahorat bilan ijro etgan.

U 44 yoshida yana ona bo‘lgani haqida matbuotda xabar qilgandi. Aziza Niyozmetova o‘zining to‘rt farzandidan tashqari yana ikki farzandini asrab olgandi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting