Oʻzbekiston terma jamoasi Ektor Kuper murabbiyligida ilk gʻalabani qoʻlga kiritdi

0

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Vakillarimiz ushbu uchrashuvda raqib ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Har ikkala golga Marat Bikmayev mualliflik qildi. Bu milliy terma jamoamizning Ektor Kuper qoʻlostida ilk gʻalabasi boʻldi.

002 korrespondent uz uzbek sum
Foto: OʻFA

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi keyingi uchrashuvni 16 oktyabr kuni Qatar terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Gollar: Marat Bikmayev 37, – 1:0. Marat Bikmayev 90+1, – 2:0.

Oʻzbekiston – 1.Ignatiy Nesterov – 24.Davron Hoshimov, 31.Yegor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 29.Vladimir Kozak – 7.Azizbek Haydarov (15.Odiljon Hamrobekov, 36), 16.Otabek Shukurov, 9.Odil Ahmedov (22.Javohir Sidiqov, 70), 27.Doston Hamdamov (17.Ivan Nagayev, 67) (6.Husniddin Gʻofurov, 83), 14.Eldor Shomurodov (8.Ikrom Aliboyev, 66) – 10.Marat Bikmayev

KXDR – 1.Ri Myong Guk (18.Sin Xyok, 46), 3.Jan Kuk Chol, 5.An Song Il, 6.Ri Un Chol, 7.Kang Kuk Chol (2.An Il Bom, 30), 9.Kim Yong Il, 11.Jong Il Gvan, 19.Rim Kvang Xyok, 20.Ri Tong Il, 25.Kim Yu Song, 17.Ri Chag Xo.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting