Amerikalik model oʻz avtomobilida otib oʻldirildi

0

Amerikalik model Kelsi Kveyl Jorjiya shtati trassasi boʻylab harakatlanayotgan vaqtda oʻz mashinasida otib oʻldirildi, deya xabar qilmoqda “Sputnik” nashri.

0083 korrespondent.uz kelsey quayle
Foto: Instagram / Kelsey Quayle

Xabarda aytilishicha, nomaʼlum shaxs ayolning boʻyniga oʻq otgan.

Buning oqibatida katta YTX sodir boʻldi. Boshqaruvsiz qolgan Kveylning avtomobili qarama-qarshi chiziqqa chiqib ketib, uchta avtomobilga urildi.

Avval politsiyachilar Kveyl boshqaruvni yoʻqotib, toʻqnashuv sodir etdi deb oʻylashdi. Biroq shifokorlar ayol badanida oʻq jarohatlarini aniqlashadi.

Politsiya sodir boʻlgan bir nechta voqea versiyalarini koʻrib chiqishmoqda.

Ehtimol, model boshqa haydovchi bilan janjallashib qoladi yoki tasodifan otishmaning qurboni boʻlgan.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting