Dunyoning eng yaxshi 100 ta universiteti e’lon qilindi. O‘zbekistondagi birorta OTM ro‘yxatga kiritilmadi

0

Reuters axborot agentligi ilm-fan va texnologiya rivojiga katta hissa qo‘shayotgan dunyoning eng yaxshi 100 ta universiteti ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar beradi UZ24.

0064 korrespondent.uz Milliy Universiteti
Foto: “Korrespondent.uz”

Tadqiqot natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni to‘rtinchi marta AQShning Stenford universiteti egalladi. Ikkinchi o‘rin Massachusets universitetiga nasib qildi. Uchinchi o‘rinni esa Garvard universiteti egalladi. Kuchli beshtalikni Pensilvaniya va Vashington univeristetlari yakunladi.

Ro‘yxatdagi nufuzli universitetlar soni bilan AQSh (49 ta)  birinchi o‘rinni, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Germaniya (9) va Yaponiya (9) egalladi.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan birorta oliy ta’lim muassasasi agentlik ro‘yxatidan joy olmagan.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting