Abdusalom Azizov Osiyo oʻyinlari gʻoliblariga harbiy unvonlarni topshirdi

0

Mudofaa vaziri 9-oktabr kuni bir guruh Osiyo oʻyinlari gʻoliblariga harbiy unvonlarni topshirdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

0056 Korrespondent.uz Uz Army
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Mudofaa vazirligida XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, gʻoliblikka erishgan hamda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan Mudofaa vazirligi Sport klubi sportchilari va ularning murabbiylarini sharaflashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi”, – deyiladi xabarda.

Tadbirda Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizovdan tashqari, Jismoniytarbiyava sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Oʻzbekiston Milliy olimpia qoʻmitasi raisi Umid Axmadjonov, Oʻzbekiston Boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Abdullo Sagdiyev ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, Jakarta va Palembang shaharlarida oʻtkazilgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida Mudofaa vazirligi Sport klubining 50 nafar aʼzosi ham Oʻzbekiston sharafini himoya qilib, 10 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

Bu mazkur Osiyo oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilar tomonidan qoʻlga kiritilgan jami medallar sonining 48 foizi demakdir.

Mardligi, fidoyiligi, Vatanga boʻlgan cheksiz sadoqati uchun mudofaavaziri XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida ogʻir atletika sport turi boʻyicha rekord oʻrnatgan shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchilar Ruslan Nurudinov, kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo oʻyinlarining 4 karra gʻolibi Vadim Menkov hamda yengil atletikachimiz Nadiya Dusanovaga navbatdagi “leytenant” harbiy unvonlarini tantanali topshirdi.

“Bu yerda oʻtirgan sportchilarning qoʻlgan kiritgan yutuqlari haqida har birini alohida eʼtirof berishimiz lozim. Ularga munosib shart-sharoitlarni yaratib berishda, sport turlarini yanada ommalashtirishdaboshlagan ishimizni shu ruhda davom ettiramiz”, — dedi mudofaa vaziri.

Tadbir davomida Osiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda Olmaotada boʻlib oʻtgan Boks boʻyicha 22-xalqaro turnirida munosib oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilar mudofaa vazirligi tomonidan maishiy texnika buyumlari, koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari mamlakatda sportni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Abdusalom Azizov Oʻzbekiston Milliy olimpia qoʻmitasi raisi, Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda Oʻzbekiston Boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosariga Mudofaa vazirligining esdalik sovgʻalarini  topshirdi.

Ulashish

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting