O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalariga masofaviy o‘qitishni amalga oshirish huquqi berildi

0

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga, ularning mulkchilik shakli va bo‘ysunuvidan qat’i nazar, masofaviy o‘qitishni amalga oshirish huquqi beriladi. Bu Prezidentning “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Foto: moovone.eu

Shu munosabat bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda mazkur muassasalarda masofaviy o‘qitishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

Buning uchun agentlikka 2018-yil 1-oktabrga qadar muddat berilgan.