FVV Toshkentdagi kimyoviy avariya tafsilotlarini e’lon qildi

0

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi dushanba kuni kechqurun Toshkentda sodir bo‘lgan kimyoviy avariya tafsilotlarini ma’lum qildi.

Foto: FVV

21:45 da poytaxt FVBga Olmazor tumani Chuqursoy ko‘chasida joylashgan «Universal logistik servis» temir yo‘l stansiyasida konteynerlardan biridan tutun chiqayotgani haqida ma’lumot kelib tushdi.

Foto: FVV

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, konteynerda gidrosulfat natriy solingan metall bochkalar bo‘lgan. Ularning ayrimlarida germetik qoplamalarning ko‘chishi oqibatida ichidagi moddalar sizib chiqib, dimlanish sodir bo‘lgan.

Gidrosulfat natriyli konteyner stansiyaga 20-avgust kuni kelib tushib, bu yerda belgilangan manzilga jo‘natilgunga qadar saqlangan.

Foto: FVV

Hodisa joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar va yong‘in xavfsizligi xizmati navbatchilik qismi yetib borib, birgalikda kimyoviy avariya bartaraf etildi.

Foto: FVV

Konteynerdan jami bo‘lib 384 ta kimyoviy modda solingan bochka olib chiqilgan bo‘lib, ularning 109 tasi shikastlangan. Bochkalar zararsizlantirilib, xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Avariya ishlari seshanba kuni tonggi 4:30 da yakuniga yetgan.