O‘zbekistonda tadbirkorlarning mikrokredit olishi yanayam osonlashdi

0
275
marta oʻqilgan


Endilikda yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining 20 barobarigacha yoki mahalla fuqarolar yig‘ini kafilligi asosida eng kam ish haqining 60 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi. Bu haqda «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etildi.

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlari mazkur mikrokreditlarni rasmiylashtirgandan so‘ng 6 oy muddatga qat’iy belgilangan soliq to‘lovlaridan ozod etiladi.

Joylardagi davlat hokimiyati organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalariga tijorat banklari krediti hisobidan sotib olinadigan qoramol, qo‘y-echki, quyon, parranda, baliq, asalari uyasi, mevali daraxt va tok ko‘chatlari, urug‘, mineral o‘g‘it, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, maishiy texnika, qurilish materiallari va boshqa tovarlarni hech qanday cheklovlarsiz naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan yetkazib berishni tashkil etishga ko‘maklashish vazifasi topshirildi. Bir oy muddatda hududdagi joriy holatni tanqidiy tahlil qilish asosida qishloq xo‘jaligi tovarlari, maishiy texnika, qurilish materiallari va boshqa turdagi mahsulotlar yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan xo‘jalik subyektlari tashkil etiladi.