Endi Tojikiston va O‘zbekiston OTM diplomlari ikki davlat hududida ham teng kuchga ega bo‘ladi

O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining keng tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihati bu ijtimoiy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashdir. Boisi O‘zbekistonda tojik millatiga mansub o‘zbekistonliklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ta’lim sohasidagi raqamlar ham fikrimizni tasdiqlaydi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Ayni paytda O‘zbekistonda 245 ta maktabda tojik sinflari bor. 55 ta maktabda darslar to‘liqligicha tojik tilida olib boriladi. Bir nechta oliy o‘quv yurtlarida, jumladan, Samarqand, Farg‘ona, Termiz va Guliston davlat universitetlarida tojik tili yo‘nalishlari tashkil etildi.
Samarqand davlat universiteti va Tojikiston davlat texnika universiteti o‘rtasida talabalar almashinuv dasturi yo‘lga qo‘yildi.

Ta’lim sohasidagi yana bir muhim jihat diplomlarni nostrifikatsiya qilishdir. Endi har ikki davlat OTM diplomlari ikki davlat hududida ham teng kuchga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda tojikzabon aholi uchun to‘rtta gazeta, beshta ko‘rsatuv va 30 ta radioeshittirish faoliyat olib boradi.