Putin Rossiya Qurolli Kuchlari sonini oshirdi

0
219
marta oʻqilgan


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Qurolli Kuchlari sonini oshirish haqidagi farmonni imzoladi. Farmonning matni Rossiya rasmiy huquqiy-axborot portalida nashr qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2017-yilning 1-iyul sanasidan Qurolli kuchlar shtabi soni 1 million 903 ming 51 kishini tashkil qiladi. Shu jumladan, 1 013 628 ta askar.

2016-yilnig 1-iyulida Qurolli kuchlar shtabi soni 1 million 885 ming 371 kishi deb qayd etilgan edi. Askarlar 1 millionta.

Farmon shu yilning 28-martidan kuchga kiradi, deya qayd etilgan.