Samarqand viloyati hokimi ishdan olindi

0
99
marta oʻqilgan

Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘z lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Foto: Kun.uz

11-iyul kuni internetda Samarqand viloyati hokimi Turob Jo‘rayev qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu xabarlarda hokimiyat rahbariyati qurilish kompaniyalaridan qurilish qilishiga ruxsat berish uchun pora talab qilgani aytilgandi.

Hozircha viloyat rahbariyatidagi o‘zgarishlar, xususan Turobjon Jo‘rayev haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

Ulashish