“Xalqlar doʻstligi” nomi sanʼat saroyi va metro bekatiga qaytarildi

Toshkent shahar xalq deputatlar kengashi metro bekati, “Istiqlol saroyi” va maydonga “Xalqlar doʻstligi” nomini qaytarish taklifni tasdiqlashdi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Commons.wikimedia / Arian Zwegers

Shuningdek, Shayxontohur tumani, “Obinazir”, “Jarariq” mahallalari hududida joylashgan Toshkoʻcha koʻchasiga Shoahmad Shomahmudov nomi qaytarildi.

Oʻtgan haftada Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shomahmudovlar oilasi yodgorlik majmuasini shahar markaziga qaytarish haqida taklif bergandi. Prezident soʻzlariga koʻra, Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda.

Hozirgi vaqtda poytaxt hukumati haykalni koʻchirish ishlari bilan shugʻullanmoqda. Majmua maydonda saroy oldida oʻrnatiladi.