Moskvadan Qarshiga yangi reys ochilmoqda

0
26
marta oʻqilgan

“Uralskiye avialinii” kompaniyasi Moskvadan Qarshiga yangi reys yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.

Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Kompaniya saytida bildirilishicha, shu yil 2 maydan Moskva (Domodedovo) – Qarshi yoʻnalishi boʻyicha parvozlar amalga oshirila boshlanadi. Samolyotlar Moskvadan Qarshiga seshanba va chorshanba kunlari, Qarshidan Moskvaga esa seshanba va payshanba kunlari parvoz qiladi.

Barcha parvozlar “Biznes” va “Ekonom” toifasidagi salonlar bilan jihozlangan Airbus avialaynerlarida amalga oshirilishi aytilmoqda.

Saytdagi maʼlumotga koʻra, Moskvadan Qarshiga aviabiletni 9 ming rubl (bugungi kurs boʻyicha 147 dollar)ga sotib olish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Transport vazirligi Oʻzbekistonga parvozlar sonini ikki barobarga koʻpaytirish boʻyicha kelishuvga erishilganini maʼlum qilgandi.

Ulashish