Dorilomon kunlar keldi: Halima Xudoyberdiyeva bilan ijodiy uchrashuv

0

Benazir iste’dod sohibasi, atoqli shoiramiz, adabiyotimizning yorqin yulduzi Halima Xudoyberdiyevaning har bir yangi to‘plamini she’riyat ixlosmandlari katta intiqlik bilan kutadi. Chunki shoiraning she’rlarida yurtdoshlarimizning o‘y-kechinmalari, orzu-istaklari ohorli va yorqin bo‘yoqlarda aks etadi.

Foto: O‘zA

O‘g‘il-qizlarimizni asil she’riyatga oshno etish, so‘zga mas’uliyatini oshirish kabi xayrli maqsadlarni ko‘zlab 2018-yil 20-aprel kuni soat 11:00da O’zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi binosida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv haqiqiy she’riyat kechasiga aylanishiga ishonamiz.

Foto: O‘zA

Shuningdek, shoiramiz muharrirlik qilayotgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligida chop etilayotgan “Dugonalar” jurnali taqdimoti mo‘ljallangan. 

Barchani she’r bazmiga taklif etamiz.