Gretsiyada harbiy vertolyot qulab tushdi

0


Grek harbiy vertolyotining qulashi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ANA agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, vertolyot bortida 5 kishi bo‘lgan. Halokatda faqatgina harbiy xizmatchi ayol tirik qolgan. Ayni vaqtda uning ahvoli og‘ir. Vertolyot avariya mamlakatning shimolidagi chekka tog‘li hududda sodir bo‘ldi.

Halokat joyidan qutqaruvchilar qora qutini izlashmoqda. Avariyaning taxminiy sabablari ma’lum qilinmayapti.