Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumanida AQSh tomondan Tomas Shennon ishtirok etadi

0
46
marta oʻqilgan

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon 26-27-mart kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi.

Foto: TheWorldNews.net

“AQShning Toshkentdagi Elchixonasi rasman ma’lum qilishicha, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada AQSh delegatsiyasiga Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon rahbarlik qiladi. Shuningdek, Toshkent forumida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi, Elchi Hiroshi Takahashi boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT Bosh kotibi, Xitoy Tashqi siyosat muassasasi rahbari taklif etilgan. Rossiya delegatsiyasi mamlakat TIV rahbari Sergey Lavrov boshchiligida tashrif buyuradi.