Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga kelmoqda

0
62
marta oʻqilgan

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Foto: Коммерсант.Уз

Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Ostonaga tashrifi vaqtida mezbon davlat rahbarini O‘zbekistonga taklif qilgan. 21-mart kuni qo‘shni davlat rahbari Samarqandga keladi va prezidentlar Navro‘z bayramini qadimiy shaharda o‘tkazishadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 15-mart kuni Ostonaga tashrifi vaqtida mezbon davlat rahbarini O‘zbekistonga taklif etgandi.