Reuters: Putin saylovlarda aniq iqtisodiy rejalarsiz qatnashmoqda

0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Rossiya rahbariyatidagi iqtisodiy strategiya bo‘yicha keskin kelishmovchiliklar fonida ishtirok etadi, deb yozadi Reuters.

Foto: Pakistan Today

Putinning 18 yillik davlat boshqaruvi davrida ko‘plab ruslar iqtisodiyotning barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydigan neftning yuqori bahosi tufayli baxtli yashashga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo 2008-yilda jahon iqtisodiy inqirozi yuzaga keldi va bir necha yil o‘tgach, Rossiya iqtisodiyoti Qrimning qo‘shilishi va Ukraina mojarosiga aralashuvi uchun kiritilgan G‘arbning sanksiyalarga duchor bo‘ldi. Neft kotirovkalari va rublning pasayishi sabab aholining byudjetiga tushadigan narxning keskin oshishiga olib keldi.

Rossiyada o‘tgan yili iqtisodiyotning o‘sishi qaytdi, inflyatsiya sekinlashdi. Biroq ko‘plab ruslar o‘zlarini to‘kinlik yillariga qaraganda bugun kambag‘alroq his qilishmoqda.

Saylovchilar Putindan iqtisodiy islohotlarni xohlashmoqda. Biroq, haqiqiy muxolifatning deyarli yo‘qligi sabab, amaldagi prezident osongina saylovlarda g‘alaba qozonishi kutilmoqda va to‘rtinchi muddatga saylanadi.

Putin bir necha marotaba aholi turmush darajasini yaxshilash kerakligini aytgan. Xususan mart oyida Federal majlisga qilgan murojaatida, Rossiyada keyingi o‘n yillikning o‘rtalarida “aholi jon boshiga YaIMni ikki barobar oshirish”ini ma’lum qilgan. Biroq, na Kreml, va na vazirlar bu katta maqsadlarga erishish uchun aniq yo‘llarni taklif qildilar.

Hukumatning 6 amaldori, jumaladan Iqtisodiyot rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin va prezident yordamchisi Andrey Belousov iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish uchun kerak bo‘lgan qadamlar haqida o‘z nuqtai nazarlari bilan farq qiladilar. Yaqinda hukumatga bevosita tanish bo‘lgan manbaning Reuters’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Putinning saylovoldi dasturida bir nechta taqdimotlardan boshqa hech qanday jiddiy takliflar yo‘q.