O‘zbekiston va Qozog‘istonning xorijlik sayyohlarga har ikki davlatga borish imkonini beruvchi turistik multvizalar joriy etishi kutilmoqda

0
54
marta oʻqilgan

O‘zbekiston va Qozog‘iston xorijlik sayyohlarga har ikki davlatga borish imkonini beruvchi turistik multvizalarni amalga kiritish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhammad ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi oldidan ma’lum qildi, deya xabar berdi “Xalq so‘zi”.

Foto: TravelBook.ph

Uning bildirishicha, taraflar kelishadigan vizalar har ikki davlat hududida ham bir xilda amal qilishi kerak. Masalan, shunday viza bilan O‘zbekistonga kelgan sayyoh Qozog‘istonga ham bora olsin va aksincha.

Vazirning qayd etishicha, Qozog‘istonga tashrif buyuradigan sayyohlarda O‘zbekistondagi tarixiy joylarni ham borib ko‘rish istagi bo‘ladi yoki O‘zbekistonga kelgan turistlar Qozog‘istondagi diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qilishni ham xohlaydi.

“Biz kelishuvga imzo chekamiz va uning doirasida hukumat qarorini tayyorlaymiz. Biz buni tezlashtirishga mas’ulmiz”, — dedi Aristanbek Muhammad.

Vazirning aytishicha, bunday rejalar ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisi kun tartibiga kiritilgan.