Shavkat Mirziyoyev Ostonada kutib olindi

0
38
marta oʻqilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga yetib keldi. Oliy martabalik mehmonni Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Mamin kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari bugun Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.