Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumanida Yevrokomissiya vitse-prezidenti qatnashadi

0
55
marta oʻqilgan

Yevrokomissiya vitse-prezidenti, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Afg‘oniston bo‘yicha Toshkentda o‘tkaziladigan xalqaro konferentsiyada qatnashadi.

Foto: Tbilisi.media

Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya 26-27-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Mogerini xonim ishtirok etishini tasdiqladi va u 26-mart kuni konferensiya ochilishida qatnashadi”, — deb xabar berdi RIA Novostiga Toshkentda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra stoli davomida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian.

Maxsus vakil Mogerini konferensiya doirasida shuningdek, kelgusi hamkorlik imkoniyatlari va xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari bilan uchrashishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Avvalroq O‘zbekiston TIV matbuot xizmati Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT bosh kotibi, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi rahbari taklif etilganligini ma’lum qilgandi. AQShdan davlat kotibining birinchi o‘rinbosari qatnashadi. Rossiya delegatsiyasiga mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi.