Milliy xavfsizlik xizmatining nomi o‘zgartiriladi

0
108
marta oʻqilgan

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Unga ko‘ra, xizmat nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb o‘zgartiriladi.

Foto: Sof.uz

Ushbu hujjat yaqin vaqt ichida matbuotda to‘liq e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisiga qilgan murojaatida mamlakatimizda Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida qonun qabul qilinishi lozimligini ta’kidlagan.

31-yanvar kuni 1995-yil yozidan buyon uzluksiz ravishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimida bo‘lib kelgan general-polkovnik Rustam Inoyatov lavozimni tark etdi.

Uning sobiq o‘rinbosari, general-leytenant Shuhrat G‘ulomov o‘tgan yil yozida Surxondaryo viloyati boshqarmasi rahbarligidan olingan va tergovga tortilgandi. Keyinroq, 2017 yilning avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy mahkamasi G‘ulomovni davlatga milliardlab zarar yetkazish, qurol-yarog‘ kontrabandasi va pul yuvishda ayblab, umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan.