O‘zbekiston fuqarolari Germaniya, O‘mon va BAAda ishlashlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston fuqarolarni Germaniya, Qozog‘iston, O‘mon sultonligiga tashkiliy ravishda ishga jalb etish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Foto: weegree.com

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i Ravshan Ibragimovning aytishicha, O‘zbekiston bugungi kunda mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik geografiyasini muntazam ravishda kengaytirmoqda.

«Avvalroq ishga tashkiliy jalb etish Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya va Polsha bilan yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi BAA bilan hamkorlik boshlanmoqda. Agentlik shuningdek, Germaniya, Qozog‘iston, O‘mon sultonligi bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik o‘rnatish masalasi ustida tegishli ishlarni olib bormoqda», — dedi u.