Jurnalist Bobumurod Abdullayevning sudi boshqa kunga ko‘chirildi

0

O‘zbekiston Oliy sudining rasmiy vakili Aziz Obidov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, jurnalist Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha 5-martga belgilangan sud jarayoni ko‘chirildi.

Foto: fb.com/abobomurod

Mazkur kish bo‘yicha majlisni 7-mart kuni 14:30 da o‘tkazish rejalashtirilgan.

Avvalroq Jinoyat kodeksining 159-moddasida (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevga nisbatan sud ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudyasi Zafar Nurmatov va xalq maslahatchilari raisligi ostida o‘tkazilishi xabar qilingan edi.